Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Fransiya elchixonasi binosi
Fransiya elchixonasi binosi

Barcha toshkentliklar Yahyo Gʻulomov va Istiqbol koʻchalari burchagida joylashgan Fransiya elchixonasi binosiga eʼtibor berishadi — chiroyli gʻisht terish uslubi binoning qadimiy va oddiy emasligidan dalolat beradi. 

Bu haqiqatan ham shunday. Sovet davrida bu yerda Shumilov nomidagi 60-maktab joylashgan edi, inqilobgacha esa qizlar uchun Mariinsk oʻquv yurtlari boʻlgan. 

 1900-yilda Rossiya imperiyasi Davlat kengashining Sanoat, fan va savdo departamenti «Toshkent shahrida Mariinsk ayollar oʻquv yurtini tashkil etish toʻgʻrisida»gi ishni koʻrib chiqdi va qizlar uchun taʼlim muassasalari yetishmasligini hisobga olib, yangi bino qurish haqida qaror chiqardi. 

Loyiha taniqli toshkentlik meʼmor Georgiy Mixaylovich Svarichevskiyga topshirildi. 

 Bino 1910-yil 8-sentabrda ochildi va unda ilgari ijaraga olingan uyda joylashgan ayollar oʻquv yurti koʻchib oʻtdi. 

Bunday oʻquv yurtlari Rossiya imperiyasining barcha guberniyalarida mavjud boʻlib, toʻrt sinf hajmida taʼlim bergan; dastur gimnaziya dasturiga mos kelgan. Ushbu taʼlim muassasalari Nikolay II ning onasi Mariya Fyodorovna homiyligida boʻlib, shuning uchun Mariinsk deb atalgan. Ularda ijtimoiy holati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, jumladan, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan qizlar qabul qilingan. 

 Mustaqillikdan keyin bino Fransiyaga topshirildi. Yangi egalar uni tarixiy qiyofasini saqlab restavratsiya qildilar, hududni obodonlashtirdilar va unda milliy anʼanalarda ayvon qurdirdilar. 

Bino Toshkentning tarixiy meʼmoriy yodgorliklari roʻyxatiga kiradi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Lyuteran kirxasi
Lyuteran kirxasi

Toshkent kirxasi Oʻrta Osiyodagi birinchi lyuteran ibodatxonasi hisoblanadi. Bino loyihasining das...

Bosh pochta
Bosh pochta

Bosh pochtaning yangi binosi 1984-yilda Shahrisabz ko‘chasida (sobiq Pervomayskaya) ochilgan. Me’mo...

Sharqshunoslik instituti, hozir — Arxeologiya markazi
Sharqshunoslik instituti, hozir — Arxeologiya markazi

Milliy arxeologiya markazi binosi (avval Sharq qoʻlyozmalari instituti, keyinroq Sharqshunoslik ins...

«Shodlik» mehmonxonasi, u ham «Yoshlar uyi»
«Shodlik» mehmonxonasi, u ham «Yoshlar uyi»

«Shodlik» mehmonxonasi — 1976-yilda Oʻzbekiston komсомoli MK tomonidan yoshlar uchun qurilgan katt...