Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Om maviy tadbirlar oʻtkazish uchun litsenziya

%D0%A1%D0%BD%D0%B8111%D0%BC%D0%BE%D0%BA

Om maviy tadbirlarni oʻtkazish uchun litsenziya olish zarur, bu qonunchilik bilan belgilangan https://lex.uz/ru/docs/5871129

Om maviy tadbirlarga ijtimoiy-siyosiy (konferensiyalar, qurultoylar va boshqalar), madaniy-om maviy va tomoshabinlik dasturlari 100 va undan ortiq odam ishtirokida (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsertlar, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy tomoshalar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek om maviy tadbir oʻtkaziladigan obʼyektda fuqarolarning birgalikda ishtirok etishi — umumdavlat, diniy, kasbiy bayramlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar kiradi. 

 Litsenziya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi saytining litsenziyalar boʻlimiga kirish kerak https://license.gov.uz/, «Madaniyat, nashriyot ishi, reklama» boʻlimini tanlash va unda «Madaniyat» bandini, keyin roʻyxatdan «Om maviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma» satrini tanlash. Keyin servis avtorizatsiya yoki roʻyxatdan oʻtishni taklif qiladi va ariza shakli ochiladi.