Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Davlat gerbi

"O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘ninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerb markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozib turgan Humo qushi tasvirlangan. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha jonzotlarning eng yaxshisi, deb ta’riflagan.

Gerbning yuqori qismida respublikani tasdiqlash belgisini ifodalovchi sakkiz qirrali, ichida esa yulduzli yarim oy tasvirlangan. Quyosh tasviri davlatimizning yo‘li yorug‘ bo‘lsin, degan tilakdir. Shu bilan birga, u respublikaning o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoitini ko‘rsatadi.

Boshoqlar - rizq-ro‘z ramzi, paxtasi ochilgan g‘o‘zapoyalar - serquyosh zaminimizning asosiy boyligi bo‘lib, uni butun dunyoga mashhur qilgan. Davlat bayrog‘i tasmasi bilan o‘ralgan boshoqlar va ko‘saklar respublikada yashovchi xalqlarning birlashganligini bildiradi.

Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
"O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burhonov musiqasi
 Abdulla Oripov so‘zi

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya