
Bosh pochtaning yangi binosi 1984-yilda Shahrisabz ko‘chasida
(sobiq Pervomayskaya) ochilgan. Me’morlari
— G. Aleksandrovich va G. Gutkina; muhandislari — S. Berkovich, Yu. Kalinin va
O. Balunova; rassomlari — R. Nemirovskiy va R. Muxamedxanov.
Katta va mustahkam bino, balandlikda qurilgan,
ikki tarafdagi to‘qqiz qavatli uylar orasiga chiroyli joylashtirilgan va o‘z
tartibi bilan TSUM va Aviatsiya quruvchilar saroyi boshlagan qatorni davom
ettiradi.
Pochta jo‘natmalari zali
shartli kvadratning markazida joylashgan, uning perimetri bo‘ylab to‘rt qavatda
aloqa sohasiga oid tashkilotlar o‘rin olgan. Zal shiftini shaffof
konstruksiyalardan qilishgan, bu kunduzi yumshoq tabiiy yorug‘lik ta’minlaydi.
Fasad oq quyoshdan himoya
elementlari va Quyosh tizimini tasvirlovchi katta relyefli panno bilan
bezatilgan. Binoning yon kirishlari bor; o‘ng tarafda lift qutisi chiqib turadi.
Orqa tomoni, Oloy bozoriga qaragan tarafda, milliy oshxona kafesi joylashgan.
2012–2013-yillarda bino
rekonstruksiya qilingan, tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan: fasadni oq
alyukobond va ko‘k shisha bilan qoplaganlar. Shu bilan birga, asosiy zalga tegilmay
qoldi — uning keramik figuralar bilan badiiy bezagi saqlanib qoldi.

Asrlar davomida maskarabozlar shahar va qishloq maydonlarida hazil-mutoyiba spektakllari koʻrsatib ...

Abulqosim madrasasi (Shayx Abulqosim eshon madrasasi) ikkita zamonaviy bino — Xalqlar do‘stligi sar...

Harbiy yigʻin uchun bino 1885-yilda qurilgan va uning umumiy koʻrinishi hozirgacha saqlanib qolgan....

Koʻpchilik toshkentliklarga Fargʻona yoʻli koʻchasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda, sobiq Shumilov ...