Uzunasiga cho‘zilgan to‘qqiz qavatli bino Chilonzor ko‘chasi bilan Kichik
halqa avtomobil yo‘li (sobiq Farhod ko‘chasi) chorrahasini vizual “ushlab
turadi”. Asosiy korpusning
to‘rtburchak hajmi yumaloq konferens-zal bilan galereya orqali bog‘langan.
Ko‘krak jarrohligi binosi
1975-yilda qurilgan. Me’morlari — O. Gaazenkopf va M. Kondakova; muhandislari —
A. Tuniyants, A. Asanov va A. Krakov.
Arxitektura tarixchisi B.
Chuxovich ta’kidlaydi, tibbiy ob’ekt loyihasi 1965-yilda, zilziladan oldin
boshlangan va loyiha bir necha marta o‘zgargan. Mustaqillik yillarida binoning
old tomoni alyukobond bilan qoplangan, bu uning umumiy ko‘rinishini deyarli
o‘zgartirmagan.
2024-yilda Vazirlar
Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Ko‘krak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti
modernizm davrining boshqa to‘qqizta ob’ekti qatori O‘zbekiston moddiy madaniy
merosining milliy ro‘yxatiga kiritildi.

Koʻplab nashrlar zamonaviy gumbazlardan foydalanishni zilziladan keyin Chilonzorda qurilgan yangi m...

1990-yillar oxirida Mustaqillik prospektida (Pushkin) joylashgan konservatoriya uchun yangi bino ...

Toshkent kirxasi Oʻrta Osiyodagi birinchi lyuteran ibodatxonasi hisoblanadi. Bino loyihasining das...

«Baland» masjidi 1857 yilda qurilgan. «Baland» so‘zi «yuqori, baland» degan ma'nolarni bildiradi, m...