Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatining ustuvorligini oshirish va avtomobillardan voz kechish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar davom ettirilmoqda

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatining ustuvorligini oshirish va avtomobillardan voz kechish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar davom ettirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — avtobusda yurish shaxsiy avtomobilga jozibador muqobil bo‘lishi uchun jamoat transportini tez, qulay, xavfsiz va ommabop qilishdan iborat. Bu YHXTM strategiyasiga hamda shaharning shaxsiy avtotransportga qaramligini kamaytirish yo‘nalishiga mos keladi.

Har yili poytaxtdagi avtomobillar soni taxminan 30 mingtaga ko‘paymoqda. Avtobuslar umumiy oqimda tezlikni yo‘qotmasligi uchun Toshkent shahrida ular uchun bosqichma-bosqich alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy bosqichda mutaxassislar jamoat transporti yo‘nalishlari o‘tadigan, umumiy uzunligi 150 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘l qismlarini tahlil qilib chiqishdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, qariyb 18 kilometrlik qismda ishlarni boshlash tavsiya etildi. Loyihaga umumiy uzunligi 17,9 kilometr bo‘lgan to‘rtta yo‘nalish kiritilgan:

🔹 Muqimiy ko‘chasi — Yashnobod va Chilonzor tumanlari hududidagi 4,6 km qismi;
🔹 Qoratosh va Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari — Shayxontohur tumanidagi 4,2 km qismi;
🔹 Parkent ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2,8 km qismi;
🔹 Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 6,3 km qismi.

Ushbu uchastkalarda markaziy ko‘chalarni ta’mirlash va avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan.

Poytaxt hokimining qarori imzolandi, hozirda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun budjet shakllantirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maqsadlar uchun taxminan 6,5 milliard so‘m talab etiladi. Xarajatlarni Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash rejalashtirilgan.

Loyihalarning buyurtmachisi “Toshkent invest kompaniyasi” AJ bo‘lishi kutilmoqda. Loyihalash tashkilotlari, pudratchilar hamda texnik nazorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi.

Qurilish ishlari boshlanishidan oldin muhandislik kommunikatsiyalari va kommunal infratuzilma tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Nosozliklar aniqlangan taqdirda, tarmoqlar belgilangan tartibda ta’mirlanadi, ko‘chiriladi yoki almashtiriladi. Shuningdek, ishlar davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish choralari ham ko‘zda tutilgan.

Loyihaga qo‘yiladigan talablar piyodalar uchun qulay yo‘nalishlar, sifatli yo‘l ko‘rsatkichlari, bekat majmualari va yoritish tizimini o‘z ichiga oladi. Yo‘l qoplamasining sifatiga alohida e’tibor qaratiladi. Talab o‘zgarishsiz qolmoqda: polimer bilan modifikatsiyalangan bitum va tog‘ jinslaridan olingan mustahkam chaqiqtoshli ShchMA (shag‘al-mastikali asfaltbeton) qorishmasini qo‘llash. Ushbu qoplama 2023-yildan buyon poytaxtning iqlim sharoitida o‘zini yaxshi oqladi.

Hokimlik rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar va loyihaning har bir bosqichi haqida aholini ochiq ma'lumot berib boradi. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulaylik hamda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish — qulay shahar muhitini rivojlantirish strategiyasi doirasidagi muhim vazifalardir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashtirildi: firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi
16.10.2026, 17:44
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashti...

📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktyabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish tartibiga tadbirko...

Toshkent shahrida Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
16.10.2026, 10:48
Toshkent shahrida Ijtimoiy sheriklik komissiyasini...

14-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘i...

Yosh siyosatchilar marafoni: g‘oyadan qarorga
16.10.2026, 10:04
Yosh siyosatchilar marafoni: g‘oyadan qarorga

15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “G‘oya ber, fi...

Xalq qabulxonasida qabul bo‘lib o‘tadi
16.10.2026, 09:45
Xalq qabulxonasida qabul bo‘lib o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...