- Toshkentdan gapiramiz
- 30.07.2026, 15:25
Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli toshkentliklar!
Toshkent shahar hokimligi sizlarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Toshkent azaldan turli millat va elat vakillari tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlikda yashab kelayotgan bag‘rikenglik shahri hisoblanadi. Poytaxtimizning eng katta boyligi — bu uning ahil aholisi, turli madaniyat va an’analarni birlashtirgan do‘stlik muhiti hamda umumiy kelajak yo‘lida birlashgan insonlardir.
🤝Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlikning mustahkam poydevoridir. Bu qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish va yanada mustahkamlash barchamizning umumiy vazifamizdir.
🏆Ushbu qutlug‘ kunda har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va fayz-baraka, yurtimizga esa do‘stlik, hamjihatlik va taraqqiyot tilaymiz.
🙌 Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!
Toshkent shahar hokimligi

2026-yil 31-iyul kuni Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi mas...

🏛 Unda mas’ullar Xalqchil Qonun doirasida olib borilayotgan xatlov jarayoni va uning natijalari, shuningdek, 2026-yil 1...

🚰Shu maqsadda Mirobod tumani Navbahor ko‘chasida kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish uchun ...

👍 Sergeli tuman hokimligida maktablarda davomatni yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan ...