Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yo'lovchilar diqqatiga!

🚌 Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini qondirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, 2026-yil 23-mart kunidan boshlab "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "Toshavtobustrans" MCHJ tomonidan 1226-sonli "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) - Chorbog' (Humson qo'rg'oni)" avtobus yo'nalishi harakati qayta yo'lga qo'yiladi.  

🚌 Yo'nalishga "MAN RR3" rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar  47 ta o'rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yo'nalishda yo'l kira narhi 25000 so'mni tashkil etadi. 

🕔 Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So'nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog' tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.

📍Yo'nalishdagi avtobuslar o'z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko'chasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo'rg'onigacha harakatlanadi.

💳 Yo'nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to'lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish: 2026-yil 30-mart yakunlari bo‘yicha hisobot
31.03.2026, 11:52
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qili...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦  “Aqlli” svetoforla...

♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun
30.03.2026, 16:09
♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya
28.03.2026, 11:19
KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida 166 ta loyiha amalga oshiriladi
27.03.2026, 09:38
Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi d...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha  — xarid yo...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya