- Toshkentdan gapiramiz
- 14.07.2026, 10:17
Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari: har bir bosqich ortida aniq tahlil va muhandislik yechimlari
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.
Obyektda amaliy ishlar 2 iyuldan boshlangan. Biroq loyiha faqat qurilish maydonidagi ishlar bilan cheklanmagan. Ta’kidlash joizki, tayyorgarlik ishlari joriy yilning fevral oyidan boshlangan: mutaxassislar muhandislik izlanishlarini olib bordi, transport va piyodalar oqimini o‘rgandi, shuningdek, statistik ma’lumotlarni to‘pladi va tahlil qildi.
Shuningdek, mutaxassislar transport oqimlarini kompyuterda modellashtirdi, turli harakat ssenariylarini raqamli sinovdan o‘tkazdi hamda yo‘lning o‘tkazuvchanligi va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholadi. Eng maqbul yechimlar real ma’lumotlar, muhandislik hisob-kitoblari va ko‘p bosqichli tahlil asosida ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 kilometrlik qismida loyiha doirasida:
— 23 039 m² eski yo‘l qoplamasi frezalanmoqda;
— 28 984 m² bazalt geoto‘ri yotqizilmoqda;
— 23 039 m² maydonga asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda;
— 23 039 m² maydonga yuqori sifatli PShMA-20 — polimer-chaqiq tosh-mastikali asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda;
— 1 143 metr suv qochirish lotoklari yangilanmoqda;
— 1 300 metr yangi bordyurlar o‘rnatilmoqda;
— 67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda;
— Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab yangi zamonaviy 3 bekatlar o‘rnatilmoqda, bekatlardagi kutish hududlari kengaytirilmoqda va ko‘chaning umumiy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan boshqa obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Asosiy maqsad — Mustaqillik shoh ko‘chasini zamonaviy muhandislik yechimlari asosida haydovchilar, piyodalar va jamoat transporti yo‘lovchilari uchun yanada qulay, xavfsiz va samarali ko‘chaga aylantirishdir.

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...

➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘...

➡️ Bugun Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov boshchiligida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar hamda kommunal ...