- Toshkentdan gapiramiz
- 09.07.2026, 17:42
Shaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga yechim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-son "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari A. Shovkatov tomonidan madaniyat, turizm va madaniy meros sohalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
📈Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur sohalarni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy va turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.
🧑💻Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar ijro nazoratiga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.
➡️Fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlariga tezkor va adolatli yechim topish, shuningdek, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...

➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘...

➡️ Bugun Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov boshchiligida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar hamda kommunal ...