- Toshkentdan gapiramiz
- 13.05.2026, 14:19
Chilonzorda namunali oilalarga ehtirom ko‘rsatildi
Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumanimizdagi uzoq yillik ahil va ibratli oilalarni tabriklash maqsadida samimiy uchrashuvlar tashkil etildi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Sultonova, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.To‘laganova hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi T.Karimovlar mahalla faxri bo‘lgan xonadonlarda bo‘lib, oila sohiblarini bayram bilan qutladilar.
Tadbir davomida jamiyatimiz tayanchi bo‘lgan quyidagi oilalarga alohida ehtirom ko‘rsatildi:
1. Hakimovlar oilasi (“Mevazor” MFY): 42 yildan buyon birga istiqomat qilayotgan G‘ulomjon Gafurovich va Dilfuza Ziomovna namunali hayot yo‘li uchun e’tirof etildilar.
2. Tuganbekovlar oilasi (“3-Charx Kamolon” MFY): 43 yillik ahillik timsoli bo‘lgan Xasanbek Maxkamovich va Dilfuza Sobirjon qiziga samimiy tilaklar bildirildi.
3. Sultanovlar oilasi (“3-Charx Kamolon” MFY): 39 yil davomida mustahkam oila qo‘rg‘onini asrab kelayotgan Baxodir Turgunovich va Nafisa Xakimovna tuman faollari tomonidan tabriklandilar.
Bu kabi uchrashuvlar yosh oilalar uchun hayotiy maktab vazifasini o‘taydi. Zero, ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimizning duosi va o‘gitlari xonadonlarimiz barakasi, yurtimiz tinchligidir.
👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar
Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining...

🏛 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati b...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari Nafisa Jo‘rayeva va...

🛡 Yunusobod tumani prokurori Y.A.Abdurahmonov boshchiligida “Husniobod” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi....