Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Rasmiy axborot

10-may kuni Toshkent shahrida kuchli yog‘ingarchilik natijasida shaharning 8 ta tumanidagi 23 ta manzildan suv to'planishi holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Tumanlar kesimida murojaatlar quyidagi manzillar bo‘yicha qayd etildi:

Mirzo Ulug‘bek tumani — 6 ta manzil;
Yashnobod tumani — 3 ta manzil;
Shayxontohur tumani — 4 ta manzil;
Mirobod tumani — 3 ta manzil;
Yakkasaroy tumani — 1 ta manzil;
Olmazor tumani — 2 ta manzil;
Chilonzor tumani — 2 ta manzil;
Yunusobod tumani — 2 ta manzil.


Tegishli xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, 10-may kuni yog‘ingarchilik miqdori 35 mm ni tashkil etgan. Bu miqdorning asosiy qismi ikki soatdan kamroq vaqt ichida yog‘gan bo‘lib, o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik me’yorining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Taqqoslash uchun: Toshkentdagi mavjud yomg‘ir suvlarini oqizish tizimi bir kecha-kunduzda 20 mm gacha yog‘ingarchilikni qabul qilishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq, tizimning o‘tkazuvchanlik quvvatini bir kecha-kunduzda 36 mm gacha bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilgan.

Shunday qilib, eng kuchli yomg‘ir paytida shahar suv oqizish infratuzilmasi bosh rejada nazarda tutilgan istiqboldagi hisob-kitob parametrlariga yaqin bo‘lgan keskin va qisqa muddatli yuklamaga duch keldi.

Ayrim nuqtalarda kelayotgan suv hajmi bir vaqtning o‘zida mavjud irrigatsiya tarmoqlari va quvurlarning o‘tkazuvchanlik quvvatidan oshib ketdi. Natijada bir qator hududlarda yomg‘ir suvi to‘planib qoldi.

Bundan tashqari, ayrim joylarda mahalliy omillar vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda: suv oqizish elementlarining chiqindilar bilan tiqilib qolishi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar, ariq va irrigatsiya tizimlarining avtoturargoh yoki boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun to‘sib qo‘yilishi shular jumlasidandir. Har bir bunday holat arzimasdek tuyulishi mumkin, ammo shahar miqyosida bu kabi aralashuvlar butun suv oqizish tizimining faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, drenaj-kollektor tizimlari, kanallar, kommunal xizmatlar va boshqa tegishli tashkilotlarning mutaxassislari hamda brigadalari jalb etildi. Joylarda 60 dan ortiq maxsus texnika ishladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida suv to'planishi oqibatlari bir soat ichida to‘liq bartaraf etildi.

Har bir manzil bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan vaziyat birlamchi tarzda o‘rganilib, zarur choralar belgilandi. Xususan, quyidagilar ko‘rib chiqilmoqda:

— 5 ta manzilda irrigatsiya tizimini qurish;
— bitta hududni loyihachilar bilan birgalikda qayta o‘rganib chiqish;
— qo‘shimcha 3 ta dyuker o‘rnatish;
— bitta obyektda diametri 800 mm bo‘lgan, boshqa bir qator hududlarda esa diametri 500 mm bo‘lgan quvurlarni o‘rnatish;
— qo‘shimcha nasos agregatlarini o‘rnatish va suv chiqarish quvvatini oshirish;
— 6 ta qo‘shimcha suv qabul qilish panjarasini montaj qilish;
— tizimning ayrim qismlari o‘tkazuvchanlik quvvatini kuchaytirish.


Ishlar manzilli davom ettiriladi. Asosiy e’tibor yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, muammoli hududlarning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish va kelgusida lokal suv toshishi xavfini kamaytirishga qaratiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklariga qarshi choralar kuchaytiriladi
15.05.2026, 16:09
Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarli...

Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining...

❗️Deputat Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
15.05.2026, 09:34
❗️Deputat Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomo...

🏛 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati b...

Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sergeli tumanidagi Toshkent tibbiyot texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
14.05.2026, 17:24
Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sergel...

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari Nafisa Jo‘rayeva va...

YUNUSOBOD TUMANIDAGI “HUSNIOBOD” MAHALLASIDA ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
14.05.2026, 11:18
YUNUSOBOD TUMANIDAGI “HUSNIOBOD” MAHALLASIDA ISHLA...

🛡 Yunusobod tumani prokurori Y.A.Abdurahmonov boshchiligida “Husniobod” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi....

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya