Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yangi Sergeli ko‘chasida "24/7 turizm ko‘chasi" loyihasi boshlandi!

📍 ​Sergeli tumani o‘z ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishda davom etmoqda. Hududda turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash hamda aholi va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ​"Yangi Sergeli" ko‘chasida "24/7 turizm ko‘chasi"ni tashkil etish bo‘yicha qurilish-bunyodkorlik ishlari boshlandi.

✅Mazkur loyihaning ochilish marosimida tuman hokimi D.Ismatov va tuman prokurori Oʻ.Daulanov ishtirok etib, ish jarayoniga start berishdi. Shuningdek, qurilish maydonchasida mahalla faollari va nuroniylarimiz ham qatnashib, hududning yanada obod va fayzli maskanga aylanishiga xayrli tilaklar bildirishdi.

👍 Ko‘chaning "24/7" rejimida ishlashi sayyohlar va tuman aholisi uchun istalgan vaqtda dam olish hamda servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

​👍 Hududning me’moriy qiyofasi zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

​👍 Yangi servis obektlari va savdo nuqtalarining ochilishi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

👍 ​Sergeli yanada obod bo‘lmoqda! Kelgusida ushbu ko‘cha poytaxtimizning eng gavjum va fayzli maskanlaridan biriga aylanadi.

​👍 O‘zgarishlar davom etadi!

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi Oppenheimer & Co. vakili bilan uçraşdi
22.10.2026, 10:08
Toşkent şahar hokimi Oppenheimer & Co. vakili bila...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
21.10.2026, 16:04
Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topsh...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdiToshkent shaha...

Toşkentda daraxt va ösimliklarni çangdan yuviş işlari olib borilmoqda
21.10.2026, 15:35
Toşkentda daraxt va ösimliklarni çangdan yuviş işl...

🌧 Bu yilgi kuz ham, xuddi ötgan yildagidek, yoğingarçilik tanqisligi muammosini yana bir bor yodga solmoqda. Özgidromet...

Endi poytaxtda uyga yaqin hududdan ishni Toshkent shahrining internet tarmog‘idagi elektron xaritalari orqali topish mumkin!
21.10.2026, 10:14
Endi poytaxtda uyga yaqin hududdan ishni Toshkent ...

🟢 «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda «2GIS» kompaniyasi o‘r...