Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

📢 E’LON

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri bo‘ylab vaqtincha yopiladi.

Cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh ko‘chalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohko‘chalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining o‘ziga taalluqlidir.

Ishlar davomida piyodalar yo‘laklari qoplamasini ta’mirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Yangilanayotgan sug‘orish tizimi suvdan yanada oqilona foydalanishni hamda mavjud yashil maydonlarni yanada samaraliroq sug‘orishni ta’minlaydi.

Shuni alohida ma’lum qilamizki, olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud bo‘lgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi. Aksincha, qo‘shimcha ko‘chatlar ekish va hududni ko‘kalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari ko‘zda tutilgan.

Bunda tutash ko‘chalarda avtotransport harakati va yo‘l bo‘yida to‘xtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi.

Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish: 2026-yil 30-mart yakunlari bo‘yicha hisobot
31.03.2026, 11:52
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qili...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦  “Aqlli” svetoforla...

♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun
30.03.2026, 16:09
♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya
28.03.2026, 11:19
KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida 166 ta loyiha amalga oshiriladi
27.03.2026, 09:38
Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi d...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha  — xarid yo...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya