Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Qaldirg‘ochbiy maqbarasi
Qaldirg‘ochbiy maqbarasi

To‘lebiy maqbarasi (yoki Qaldirg‘ochbiy maqbarasi) O‘zbekistonning eng mashhur yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U ayniqsa qozoqlar tomonidan e'zozlanadi, Qozog‘istondan kelgan mehmonlar albatta bu maqbarani ziyorat qilishadi.

Shayxontohurda joylashgan maqbara binosi o‘tkir burchakli 12 qirrali gumbazi bilan barcha mahalliy inshootlardan ajralib turadi va Toshkent hududida saqlanib qolgan eng qadimiy binolardan biri hisoblanadi. Gumbazning muvaffaqiyatli konstruksiyasi ko‘plab zilzilalarga bardosh berishga imkon bergan.

Maqbara qozoqlar sulolasidan bo‘lgan Toshkentning afsonaviy hokimi — To‘lebiy qabri ustida qurilgan. U XVIII asrning birinchi yarmida Katta O‘rdani boshqargan.

Rivoyatlarga ko‘ra, dunganlar (qalmoqlar) bosqini vaqtida butun mahalliy aholi uylarini tashlab, bosqinchilardan qochib qolgan, ammo To‘lebiy qochishdan bosh tortgan. Bosqinchilarning hukmdori undan nima uchun boshqalar bilan birga qochmaganini so‘raganda, u uyining ayvoni ostida qaldirg‘och uya qurganini, uni yolg‘iz tashlab ketish o‘limga hukm qilish bilan barobarligini aytgan. Bosqinchilar bu javobdan mamnun bo‘lib,  hokim hamda uning xalqini hayotini saqlab qolishgan. Shu vaqtdan boshlab uni ehtirom bilan Qaldirg‘ochbiy deb atashgan va u xalq xotirasida shunday saqlanib qolgan.

To‘lebiy 1663 yilda hozirgi Jambul viloyati hududida tug‘ilgan, 1756 yilda 93 yoshida vafot etgan va 1743 yildan 1749 yilgacha Toshkentni boshqargan. Qaldirg‘ochbiy maqbarasi 1996 yilda dastlabki tarhini saqlagan holda rekonstruksiya qilingan, unga yondosh hudud obodonlashtirilgan va bu joy shahar aholisi va mehmonlar tomonidan tez-tez ziyorat qilinadigan maskanga aylangan.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi Fanlar akademiyasi binosi
Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi Fanlar akademiyasi binosi

Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi (ilgari Gogol) Fanlar akademiyasi binosi oʻz fasadi bilan beixtiyor eʼt...

Astronomiya instituti va uning tarixi
Astronomiya instituti va uning tarixi

1870-yilda Toshkent harbiy rahbariyati observatoriya qurish haqida qaror qabul qildi. 1872-yilda s...

Konstitutsiyaviy sud binosi
Konstitutsiyaviy sud binosi

Sobiq Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi binosi 1964-yilda qurilgan.Meʼmorlar: V....

Mustaqillik maydoni
Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydoni asosiy koʻrinishini 1966-yilgi zilziladan keyin oldi — sobiq Qizil maydon oʻlch...