Sergeli tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Zayniddin bobo maqbarasi
Zayniddin bobo maqbarasi

Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi tomonidan tasavvuf ta'limotini tarqatish uchun Toshkentga yuborilgan. Toshkent aholisi Chingizxon qo‘shini bosqinidan so‘ng ma'naviy yordamga muhtoj edi. Shayx Zayniddin chillaxonada — hozirgacha saqlanib qolgan gumbazli yerosti inshootda yashab, ibodat qilgan.

Rekonstruksiya jarayonida arxeologlar chillaxona milodiy VII yoki VIII asrda barpo etilganini aniqladilar. Gumbaz tepasida va yuqori qavatning tagida teshiklar mavjud bo‘lib, yozgi kunning quyosh to‘rishi paytida ular orqali quyosh nurining o‘tishi dehqonchilik ishlari uchun zarur bo‘lgan taqvimni aniqlash imkonini bergan.

Rivoyatlarga ko‘ra, 95 yil umr ko‘rgan Zayniddin bobo chillaxona yonida dafn etilgan, qabri ustida esa Amir Temur farmoni bilan maqbara qurilgan. Hozirda maqbara Ko‘kcha hududidagi katta qabriston o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlar qadimiy rasadxonani tomosha qilish uchun saqlanib qolgan chillaxonaga tushadilar.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻgʻirchoq teatri

Asrlar davomida maskarabozlar shahar va qishloq maydonlarida hazil-mutoyiba spektakllari koʻrsatib ...

Davlat boshqaruvi akademiyasi
Davlat boshqaruvi akademiyasi

Sobiq Respublika iste’mol kooperatsiyasi uyi («O‘zbekbirlashuv») binosi 1974 yilda qurilgan. Majmu...

Ieronim Krauze va Ipoteka-bank
Ieronim Krauze va Ipoteka-bank

Botanik va farmatsevt Ieronim Ivanovich Krauze 1870 yilda Toshkentga kelib, aptekachi bo‘lib ish bo...

Toʻqimachilar madaniyat saroyi
Toʻqimachilar madaniyat saroyi

Yarim doira fasadli chiroyli bino 1938-yilda moskvalik meʼmorlar A. A. Galkin va A. N. Karnauxov to...