Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish korrupsiyaning ildiziga zarba beradi”

“Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish korrupsiyaning ildiziga zarba beradi”

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayoni ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab oldi. Ayniqsa, qonun, qaror va farmonlar qabul qilinishidan avval keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, aholining xohish-istaklari inobatga olinayotgani davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirishimiz zarur. Yana tajriba orttiramiz, yana o‘zgartiramiz. Hayot bizni shunga majbur qilyapti. Hozirgi tahlikalarga yechim topamiz desak, bizning yagona yo‘limiz — mahalla, mahalla, mahalla va yana bir marta mahalla. Mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, odamlar ishonadi, odamlar bizdan rozi bo‘ladi”- deb ta’kidlab o‘tgan edilar.  

Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi.

Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi (I.Karimov).

Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun fuqarolar yig‘inlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, aholining huquqiy bilimlarini oshirish, ularning jamoatchilik nazoratida ishtirok etish istagini kuchaytirish hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biridir.

Davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2018-yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Qonunga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining,  profilaktika inspektorlarining, joylardagi ta’lim muassasalari va oilaviy poliklinika rahbarlarining, hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotini eshitish belgilanganligi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.  

O‘zbekistonda “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida olib borilayotgan sa’y-harakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ham faol ishtiroki tobora kengayib bormoqda. Qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishidan avvalgi jamoatchilik muhokamalari, rahbarlar hisobotini eshitish tizimining joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborot olish erkinligini ta’minlash orqali jamoatchilik nazoratining takomillashayotgani, rahbarlar va fuqarolar o‘rtasida muloqot tizimining (onlayn va offlayn tarzda) joriy etilgani, dolzarb masalalarni ijobiy hal qilish maqsadida tuzilgan turli ishchi guruhlarida davlat tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining ham ishtirok etayotgani fikrimiz isbotidir.

O‘zbekiston Respublikasining 1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.18.00.00 Жамоатчилик назорати]

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashishi va qonunchilikka muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi shart deb belgilab qo‘yilganligi, kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish g‘oyasini izchil amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Yangi Konstitutsiyamizning  36 va 148-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi hamda Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi deb belgilab qo‘yilganligi, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqom berilganligidan dalolat beradi.

Mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlarini, qonun ustuvorligi hamda sud-huquq sohasini yanada isloh qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi mexanizmlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli “O‘ZBEKISTON–2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonida muhim vazifalar sifatida belgilandi. Ushbu strategiyada, davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish, davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishning kafolatini ta’minlash belgilangan.

Umuman olganda bugungi zamonaviy taraqqiyot sharoitida “O‘ZBEKISTON–2030” strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan tub islohotlar zamirida inson qadr qimmati va uning manfatlar, huquq va erkinliklari kafoloti turibdi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun huquqiy asoslar korrupsiyaning oldi olinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ishonchli mexanizmdir.

Mahalla – jamoatchilik nazoratining asosiy sub’ekti bo‘lganligi uchun, mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya”siga alohida e’tibor qaratish, ushbu komissiyasining faoliyatini kuchaytirish, komissiya raisligiga mahalla xududida yashovchi hurmatli, bilimli, yoshi ulug‘ shaxslardan jalb qilish hamda komissiyasining mustaqil ish olib borishini ta’minlash har bir mahalla fuqarolar yig‘ini uchun muhim ahamiyatga ega.

Mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish uchun doimiy ravishda  targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, aholining huquqiy bilimlarini oshirish, ularning jamoatchilik nazoratida ishtirok etish istagini kuchaytirish, aholi bilishi kerak bo‘lgan asosiy qonunlar va qarorlarni ularga yetkazish ham dolzarb masalalardan biridir.

Xalqimiz orasida, qonun va kodekslarda yozilmagan, ming yillar davomida millat ruhiyatiga singib, yurakdan joy olgan turmush qoidalari mavjudligini hammamiz bilamiz. Bunday o‘lmas qadriyatlar qatoriga odamlarning yaxshi-yomon kunlarida bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishi, yutuq va kamchiliklarni butun jamoa tomonidan birdek e’tirof etish kabi fazilatlarni kiritish mumkin. Mahallalarda asrlar davomida ko‘plab hayotiy muammolar o‘z yechimini topib kelgan, barcha fuqarolar mahalla tartib-qoidalariga rioya qilishi shart bo‘lgan. Agar kimda-kim ularga rioya qilmasa, mahallada o‘tkaziladigan tadbir va to‘ylarga taklif qilinmagan. Shuning uchun ham mamlakatimizda jamoatchilik nazorati chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, u azal-azaldan urug‘, qabila, oqsoqollar kengashi, mahalla shakllarida namoyon bo‘lib kelgan.

Har qanday jamiyatda muammolarni ijobiy hal qilish uchun jamoatchilik nazorati muhim rol o‘ynaydi. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatining muhim sharti, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash imkoniyatidir.

Zero, jamoatchilik nazorati har bir kishida mamlakat rivojiga, uning milliy yuksalishiga bevosita daxldorlik tuyg‘usini kuchaytiradi. Jamoatchilik nazoratiga erishgan davlatda, davlat fuqarolik xizmatchilarining noqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat!
15.12.2025, 17:15
Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat!

🛑 Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jinoyat!🌎 Korrupsiya – global muammo. Ammo har bir inson o‘z odobi, halolligi bilan...

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
15.12.2025, 17:12
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni...

📆 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni🛡Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti, adolat va ishonchga eng katta x...

Biz korrupsiyaga qarshimiz!
15.12.2025, 14:49
Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Biz korrupsiyaga qarshimiz!Agar siz Toshkent shahar hokimligi, uning bo‘ysunuvidagi tashkilot va idoralar hamda tuman ho...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!
10.12.2025, 15:32
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshke...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!Respublikaning 12 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya