- Toshkentdan gapiramiz
- 20.08.2025, 16:23
Shota Rustaveli ko‘chasida kapital rekonstruksiya jadal davom etmoqda

Shota Rustaveli ko‘chasida kapital rekonstruksiya jadal davom etmoqda. Ishlar shahar infratuzilmasining barcha asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan.
Bu yerda zamonaviy drenaj tizimi yaratilib, qulay va xavfsiz velosiped yo‘laklari tarmog‘i shakllanmoqda. Bosqichma-bosqich yo‘l qoplamasini yotqizish ishlari ham boshlangan, bunda asosiy e’tibor yo‘lning chidamliligi va sifatiga qaratilgan bo‘lib, barcha texnologik jarayonlarga rioya etilishi qat’iy nazoratga olingan. Parallel ravishda yer osti o‘tish yo‘llari ta’mirlanib, avtobus bekatlari uchun keng pavilyonlar tashkil qilinmoqda.
Ishlarning yakuniy bosqichida ko‘cha bo‘ylab zamonaviy va ko‘rkam yoritish uskunalari o‘rnatilib, aniq yo‘l yotiq chiziqlari tushirilishi hamda yo‘l belgilari o‘rnatilishi kutilmoqda. Tabiiyki, bularning barchasi ko‘cha harakatining barcha ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.