- Toshkentdan gapiramiz
- 18.06.2025, 15:02
Joriy yilning 13-18 aprel kunlari O'zbekiston delegatsiyasi Amerika Qo'shma Shatatlariga tashrifi doirasida "Starta VC" xalqaro venchur jamg'armasi vakillari bilan startaplarni ekotizimini rivojlantirish va moliyalashtirishga qaratilgan uchrashuvlar o'tkazilgan edi. Mazkur uchrashuvlardan ko'p o'tmay "Starta VC" venchur jamg'armasi vakillari yurtimizga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida vakillar Toshkent shahri yoshlarining startaplar ekotizimidagi imkoniyatlarini hamda bugungi kundagi poytaxt yoshlarining ilg'or g'oyalarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan tizim va ularning hududlardagi ishlash mexanizmlari bilan tanishishmoqda.
Bugun Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Shukurullayevna va “Starta VC” venchur jamg‘armasi vakili Anastasia Lykova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi startaplar infratuzilmasini yangi bosqichqa olib chiqish, yosh tadbirkorlarni AQSHning yetakchi startap kompaniyalarida malaka oshirishiga shart-sharoit yaratib berish, shuningdek, istiqbolli loyihalarni xalqaro startap bozorlariga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va startap sohasida xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga kelishib oldilar.
Ushbu hamkorlik Toshkent shahrida innovatsion muhitni rivojlantirish va yoshlarning zamonaviy startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.