Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Chjeszyan viloyati Shanxay tadbirkorlar uyushmasi raisi, "Shanghai Juneyao (Group) Co., Ltd" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Van Szyunszin bilan uchrashdi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Chjeszyan viloyati Shanxay tadbirkorlar uyushmasi raisi, "Shanghai Juneyao (Group) Co., Ltd" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Van Szyunszin bilan uchrashdi.

Toshkent hokimi mehmonni samimiy kutib oldi va ikki mamlakat rahbarlarining strategik yo‘nalishi tufayli barcha muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi.

"Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ ning faol ishtirokida shakllantirilayotgan poytaxtning investitsiya muhitiga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Umurzakov Prezident tomonidan tasdiqlangan Toshkentni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha: infratuzilma, iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb etish, yalpi ichki mahsulot o‘sishi va yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsad va ko‘rsatkichlar belgilanganini, bularni amalga oshirish eng muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, shuningdek, XXR bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tashabbuslar taqdim etildi.

Sayyohlar oqimini ko‘paytirish va mehmonxona infratuzilmasini, jumladan yuqori toifali segmentda kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.

O‘zbekiston bozoriga yirik transmilliy korporatsiyalarning kirib kelishi uning ishonchliligi, barqarorligi va investitsion jozibadorligidan dalolat berishiga e'tibor qaratildi.

Tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida janob Van Szyunszin Toshkent va Shanxay o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari ishbilarmonlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish uchun muhim asos ekanligini ta’kidladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya