Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shinjon-Uyg'ur avtonom mintaqasi delegatsiyasi qabul qilindi

Shinjon-Uyg'ur avtonom mintaqasi delegatsiyasi qabul qilindi


Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sanjar Tadjiyev, hokimlik vakillari hamda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqaviy qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari, XKP Urumchi munitsipal qo‘mitasi kotibi Chjan Chju boshchiligidagi ijro organlari vakillari va yirik tadbirkorlardan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv davomida Sanjar Tadjiyev Xitoy kapitali asosida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi hamda turizm sohasidagi hamkorlik natijasida Xitoy—O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm oqimi sezilarli oshganini ta’kidladi.


O‘z navbatida, delegatsiya rahbari janob Chjan Chju Toshkent shahri bilan aloqalarni yangi pog‘onaga olib chiqish, hamkorlikni kengaytirish har ikki tomon uchun manfaatli ekanini alohida qayd etdi. 


Uchrashuv Toshkent shahri bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqasi o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi investitsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!
10.12.2025, 15:32
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshke...

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi — Toshkentda!Respublikaning 12 ta viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi...

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladi
09.12.2025, 17:19
Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga ...

Toshkent mahallalarida obodonlashtirish ishlariga start beriladiToshkent shahar hokimining qaroriga muvofiq poytaxtning ...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Bektemir tumanida bo‘ldi
03.12.2025, 14:16
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchili...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Bektemir tumanida bo‘ldiToshkent shahar soliq bosh...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriqlari “ijro.gov.uz” tizimida 2025 yil noyabr oyida bajarilishi bo‘yicha ma’lumot
02.12.2025, 15:58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qa...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror farmoyishi va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriq...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya