Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining senatori Z.Bekatova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati T.Matibayev, Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Turdikulov, boshqarmaning rahbar va boshqaruv xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining senatori Z.Bekatovaning “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari”, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati T.Matibayevning “Sog‘liqni saqlash tizimini “Korrupsiyasiz sohaga” aylantirish – ustuvor vazifamiz”, Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Turdikulovning “Halollik – davlat xizmatining asosi” mavzularidagi ma’ruzasi tinglandi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning davlat xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan savollariga javob berildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
09.11.2019, 12:28

14.11.2019, 11:21

24.01.2022, 18:07

21.11.2023, 17:45
Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarka...

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya