- Toshkentdan gapiramiz
- 16.11.2023, 17:19
Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ma’lumki, 15-noyabr kuni Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi boshlandi. “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan tadbir doirasida xalqaro oshpazlarning mahorat darslarini o‘z ichiga gastro-bozor, O‘zbekiston hunarmandlari ko‘rgazmasi, B2B uchrashuvlari tashkil etiladi. Bugun tadbir doirasida Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Moskva tomonidan Memorandumga Moskva meri va hukumati devoni boshlig'ining birinchi o'rinbosari, Moskva shahar turizm qo'mitasi raisi Kozlov Yevgeniy Aleksandrovich imzo chekdi. Poytaxt tomonidan memorandum imzolagan Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov shaharlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik jarayonida sayyohlar sonini har ikki yo‘nalishda bir milliondan ortiq kishiga yetkazish, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni targ‘ibot tadbirlari, turizm va madaniyat festivallarini tashkil etish, folklor va havaskorlik jamoalarining gastrollari, o‘zaro takliflar orqali turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini tegishli milliy turistik marshrutlar va mahsulotlarni o‘rganishga taklif etish, davlatlarning turizm salohiyati targ‘iboti va taqdimotini kuchaytirish orqali amalga oshirish rejalashtirilganini ta’kidladi.

Toshkentda Respublika Tarmoqlararo Sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.